FIFFA — bolalar kostyum-shimlari

Manekendagi to‘q kulrang yo‘l-yo‘l FIFFA bolalar kostyumi, atrofida tugma, igna va ip g‘altagi

Oddiy ko‘rinadi. Aslida har bir chok hisoblangan.

Kolleksiyani ko‘rish

O‘lcham:aynan bolangizniki.

To‘yga, maktabga, bitiruvga, mehmonga, bayramga, har kunga.

Kostyum shunchaki kiyilmaydi. U bolaga o‘tiradi. Yaxshi kostyum esa bolani tik tutadi.

Kostyum nimadan iborat

FIFFA bolalar kostyumining tuzilishi: mato, astar, yelka, lackan, tugma, cho‘ntak va shim
  1. Mato

    Hammasi shundan boshlanadi. Zich, mat, g‘ijimlanmaydigan.

  2. Astar

    Ko‘rinmaydi, lekin kun bo‘yi siz bilan. Silliq va nafas oladi.

  3. Yelka

    Kostyumning poydevori. Yelka o‘tirsa, qolgani o‘tiradi.

  4. Lackan

    Yuzga eng yaqin chiziq. Qo‘lda dazmollangan, tekis yotadi.

  5. Tugma

    Mustahkam qadalgan. Yillar o‘tsa ham joyida.

  6. Cho‘ntak

    Tekis, sezilmaydigan. Shaklni buzmaydi.

  7. Shim

    Belda qulay, pastga tomon tekis tushadi. Poyabzalga yengil tegadi.

Qanday tikiladi

  1. O‘lcham olinadi.

    Yelka, ko‘krak, bel, yeng, bo‘y.

  2. Mato tanlanadi.

    Rang, to‘qima va mavsumga qarab.

  3. Bichiladi.

    Bo‘r chizig‘i bo‘yicha, shoshilmasdan.

  4. Tikiladi.

    Har bir chok bir xil qadamda.

  5. Kiyib ko‘riladi.

    Kerak bo‘lsa, joyida to‘g‘rilanadi.

  6. Dazmollanadi va topshiriladi.

    Kiyishga tayyor holda.

Kolleksiya

Kostyum kiyishning 3 qoidasi

  1. 1Pastki tugma qadalmaydi. Hech qachon.
  2. 2Yeng ostidan ko‘ylak bir santimetr ko‘rinadi.
  3. 3Shim poyabzalga yengil tegadi, ustiga yig‘ilib qolmaydi.

Bitta bichim. Sizning rangingiz.

To‘q ko‘k

Har bir raqam ortida tikilgan kostyum turadi.

Galereya

FIFFA bolalar kostyumi lackani yaqindan
01Lackan
Kostyum tugmasi va choklari yaqindan
02Tugma
Pidjak astari va ichki cho‘ntagi
03Astar
Qora to‘y kostyumi, kapalak galstuk bilan
04To‘y modeli
To‘q ko‘k maktab kostyumi manekenda
05Maktab modeli
Yo‘l-yo‘l jun mato o‘rami
06Mato
FIFFA tikuv sexi: tikuv mashinalari qatori

Biz haqimizda

FIFFA 2005-yildan beri bolalar uchun kostyum-shim tikadi. Brend ortida Namangandagi Mega Master Tekstil MChJ turadi, korxona 2013-yilda tashkil etilgan.

  • 800 m²ishlab chiqarish maydoni
  • 0,25 gayer maydoni
  • 3 davlatuskunalar Germaniya, Xitoy va Turkiyadan

Maqsad bitta: O‘zbekistonda tikilgan kostyumni jahon bozoriga olib chiqish. Shuning uchun har yili yangi texnologiya joriy etiladi, har bir mahsulot bola uchun xavfsiz va qulay bo‘lishi tekshiriladi.

Ariza qoldiring

Manzil

Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Shimoliy Aylanma Yo‘li ko‘chasi

Ish vaqti: 08:00 – 18:00